AsosiyJamiyat

Aholi uylarida yong`in va texnika xavfsizligi bo`yicha 272 423 ta kamchilik aniqlangan

'Aholi uylarida yong`in va texnika xavfsizligi bo`yicha 272 423 ta kamchilik aniqlangan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas`uli Samandar Hikmatullaev ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.

«Joylarda idoralararo ishchi guruhlar ishtirokida alohida ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy soha ob`ekt (kasalxona, nogironlar, qariyalar va mehribonlik uylari, yotoqxonalar va boshqa)lar, qurilish maydonchalari, toifalangan ob`ektlarda yong`in va texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatlari bo`yicha tungi reydlar o`tkazish yo`lga qo`yildi.

Reydlar davomida yuqrida qayd etilgan ob`ektlarda hamda xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari tasarrufidagi va mahallalar hududlarida mavjud bo`lgan jami 36,909 ta ko`p qavatli uyning 1 mln 237 ming 732 ta xonadonidan 627 ming 964 tasi, mahallalardagi mavjud 5 mln 737 ming 618 ta aholi turar joyidan 2 mln 330 ming 125 tasida o`rganish ishlari olib borildi.

Ishchi guruhlar tomonidan ko`p qavatli uylar va aholi turar joylarida o`tkazilgan o`rganish va tekshiruvlar davomida 272 423 ta kamchilik aniqlanib, ulardan 213 632 tasi bartaraf etildi», dedi mutaxassis.

 

    Boshqa yangiliklar