AsosiyDunyo

Koronavirusning mutasiyaga uchragan shtammi Evropaning 22 mamlakatida aniqlangan — JSST

'Koronavirusning mutasiyaga uchragan shtammi Evropaning 22 mamlakatida aniqlangan — JSST'ning rasmi

TASS xabariga ko`ra, Kopengagenda bo`lib o`tgan brifingda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge koronavirus infeksiyasining yangi shtammi Evropaning 22 ta davlatida aniqlanganini aytdi.

X. Klyugening so`zlariga qaraganda, xuddi Buyuk Britaniya va Daniyada bo`lgani kabi keyinchalik yana boshqa shtammlar ham yuzaga kelishi mumkin.

— Barcha viruslar singari, "COVID-19" ham vaqt o`tishi bilan o`zgardi, — dedi Xans Klyuge. — Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqasidagi 22 ta davlatda ushbu yangi shtamm qayd etildi. Garchi yangi shtamm keltirib chiqaradigan kasallik sezilarli darajada o`zgarmagan bo`lsa-da, u ancha tez tarqalmoqda. SARS CoV-2 (VOC) shu paytgacha barcha yosh toifalarida ro`yxatga olingan, bolalar yuqori xavf guruhiga kirmaydi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

    Boshqa yangiliklar