AsosiyJamiyat

Lasetti "Makro" supermarketiga kirib ketdi

'Lasetti "Makro" supermarketiga kirib ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Ijtimoiy tarmoqda "Lasetti "Makro" supermarketi ichiga kirib ketdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot berdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.

Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 13:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Gyote-5 ko`chasida haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan J.Sh. "Lasetti" rusumli transport vositasida harakatlanib kelib, ushbu ko`chada joylashgan "Makro" supermarketi yaqiniga to`xtab, o`t oldirgich kalit va farzandini qarovsiz qoldirib o`zi supermarket ichiga kirib ketgan. Avtomobilda bo`lgan 8 yoshli farzandi o`t oldirgich kalitni burab yuborishi oqibatida avtomobil harakatlanib ketgan va supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to`xtagan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar