Turli nayranglarni qo`llagan holda bojxona nazoratini chetlab o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqarolar K.A. va Yu.Z.larga tegishli bo`lgan yuklar skaner qurilmalari yordamida ko`zdan kechirildi.
Natijada, yuklar orasidagi karton qutidagi kompyuter keysida bojxona nazoratidan yashirish maqsadida uddaburonlik bilan joylashtirilgan, umumiy qiymati 100 million so`mlik kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettiryapti, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasining Axborot xizmati.






