2021 yil 7 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1328 kishini tashkil etdi.
Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga plasebo, ya`ni vaksina bilan bir xil ko`rinishga ega, o`zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. Ushbu sinov ikki tomonlama noma`lum bo`lganligi uchun na shifokor va na ko`ngilli vaksina yoki plasebo olganini bilmaydi.
7 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 58 nafar ko`ngillini tashkil etdi.
Ko`ngillilar ro`yxatdan o`tishga taklif etilmoqda.






