AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor hiyobon ostidagi avtomobil yo`li quriladi

'O`zbekistonda ilk bor hiyobon ostidagi avtomobil yo`li quriladi'ning rasmi

2021 yilda Urganch shahrida birinchi er osti avtomobil yo`lining qurilishi boshlanadi, uning ustida esa Xorazmshohlar sulolasining eng mashhur hukmdorlaridan Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan 25 metrlik yodgorlik joylashgan hiyobon barpo etish rejalashtirilgan. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar berdi.


Hiyobon va er ostidagi  avtomobil yo`li Al-Xorazmiy va I.Karimov ko`chalari kesishmasida joylashgan bo`ladi. Mazkur loyihani amalga oshirilishini, chorrahada avtotransport vositalarining harakatini svetoforlarsiz ta`minlash va tartibga solish maqsadida qurish taklif qilindi. Transport echimi Al-Xorazmiy ko`chasidan tunnel tipidagi temir-beton yo`l o`tkazgichidan iborat bo`lib,  I.Karimov ko`chasi yo`l o`tkazgich ustidan o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Hukumat ko`rsatmasiga binoan amalga oshirish  rejalashtirilayotgan ushbu loyiha «Boshtransloyiha» aksionerlik jamiyati mutaxassislari tomonidan  tunnel tipidagi yo`l o`tkazgichning 4 ta varianti ishlab chiqilgan va ulardan eng muqobil varianti tanlandi. Yo`l o`tkazgichning umumiy uzunligi – 500,72 m, tunnel harakatlanish qismining balandligi – 5,5 m, tunnelning kengligi – 17,10 m.ni tashkil etadi.

Er osti avtomobil yo`lining qurilish ishlarini ushbu sohada katta tajribaga ega bo`lgan «Ko`prikqurilish» Tresti UK mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar