AsosiyJamiyat

Bugun Qashqadaryoning 7 ta tumani va 1 ta shahri elektr ta`minotidan to`liq uzilishi ma`lum qilindi. Sababi...

'Bugun Qashqadaryoning 7 ta tumani va 1 ta shahri elektr ta`minotidan to`liq uzilishi ma`lum qilindi. Sababi...'ning rasmi

Bugun,  8 yanvar kuni Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasidagi har birining quvvati 450 MVt bo`lgan ikkita energoblokni to`xtaganligi sababli Qashadaryo viloyatining ayrim hududlari elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar bergan. 

Keltirilishicha, Qamashi, Yakkabog`, Shahrisabz Kitob, Chiroqchi, G`uzor, Nishon tumanlari  va Shahrisabz shahri elektr ta`minotidan to`liq uzilmoqda.

 Eslatib o`tamiz, kuni kecha Energetika vazirligi O`zbekiston elektr energetika tarmog`ining ishlash tartibi to`liq tiklanganini ma`lum qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar