O`zbekiston Milliy axborot agentligi – O`zA tomonidan “Yil tanlovi” e`lon qilingan edi. Ushbu tanlovning “Yil odami” yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan so`rovnomada taqdim etilgan nomzodlar ichida odamlar dardi bilan yashab, ularni qiynayotgan masalalar haqida dadil gapirib, xalqning ishonchini qozongan Rasul Kusherboev g`alaba qozondi.
" Davlatimiz rahbari ham uning xizmatlarini e`tirof etib “Kusherboev ko`pchilikka yoqmaydi, lekin menga yoqadi”, deb aytgan. R.Kusherboev monopollarga qarshi kurashish, noqonuniy “snos”larga qarshi kurashish, hokimlarning noqonuniy qarorlariga qarshi kurashish kabi ko`plab yo`nalishlarda jasoratli qadamlar tashladi va bunday faol faoliyat davom etmoqda. Odamlar dardiga quloq tutish, ularga ko`mak ko`rsatish uning deputatlik faoliyatida yaqqol ko`zga tashlanib turadi. U faqat o`z saylovchilari bilan cheklanib qolmay, butun xalqimizning dardi bilan yashaydi, O`zbekiston bilan birga nafas oladi, - deya e`tirof etadi xabar haqida ma`lum qilgan O`z A muxbiri.