AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak karate uslubini ko`rsatayotgan ayolni pichoqlab o`ldirdi

'Toshkentda erkak karate uslubini ko`rsatayotgan ayolni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida mast holatida karate uslublarini ko`rsatib, bexosdan jarohat etkazgan tanishini pichoqlab quygan fuqaro qamoqqa olindi.

Bu haqda xabar bergan  Tergov departamenti matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,  2020 yilning 23 dekabr kuni soat 09:03 da Yashnobod tumani Sandiqli 1-tor ko`chasi 2-uy oldida tan jarohatlari bilan noma`lum ayolning murdasi topilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli D. K. ekanligi ma`lum bo`lgan.

Aniqlanishicha, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 16:30 atrofida D. K. tanishlari A. K. va V. A.lar bilan A. K.ga tegishli S.Mashxadiy ko`chasida joylashgan uylardan birida tibbiyot spirtini iste`mol qilgan. So`ngra D. K. mast holatda bo`la turib, V. A.ga karate sport uslublarini ko`rsatishni boshlagan.

Shu vaqtda D. K. fuqaro V. A.ga bexosdan jarohat etkazgan. Oqibatida V. A.ni bundan jahli chiqib, yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan ikki marotaba uning ko`krak qismiga jarohat etkazgan. Natijada D. K. tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketgan va yuqorida ko`rsatilgan joyda xushini yo`qotib, so`ngra vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan V. A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi doirasida hodisa sodir bo`lgan joydan oshxona pichog`i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda V. A. jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tariqasidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Shuningdek, jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar