Har bir tumanda telemedisina yo`lga qo`yiladiBu haqda AOKAdagi brifingda Sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboev ma`lum qildi:
«Koronavirus — sog`liqni saqlash tizimining nafaqat imkoniyatlari va salohiyatini ko`rsatdi, balki mavjud kamchiliklarini ham ochib berdi.
Umumiy amaliyot shifokori o`rniga oilaviy shifokor mutaxassisligini joriy qilishimiz zarur. Avvalgi yalpi, maqsadsiz patronaj o`rniga hozir yangi patronaj tizimi yaratildi. Ya`ni ilgari faqat patronaj hamshiralar ishlagan bo`lsa, hozir tibbiy guruhlar tashkil qilindi.
2021-2023 yillarda olis hududlarda qo`shimcha 315 ta qishloq vrachlik punkti va 85 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.
Telemedisina rivojlantiriladi — har bir tumanda, tuman markaziy shifoxonalari qoshida maxsus jihozlangan xonalar yaratiladi va u erda televizion uskunalar yordamida har kuni Respublika ixtisoslashagn markazlarining etuk mutaxassislari tuman darajasida bemorlarga telekonsultasiya o`tkazishadi va davolash jarayoninini yaxshilashga yordam beradi».






