AsosiyDunyo

Joshua Xuminski: Moskvaning global kuchi va ta`siriga halol ko`z bilan qarashimiz kerak

'Joshua Xuminski: Moskvaning global kuchi va ta`siriga halol ko`z bilan qarashimiz kerak'ning rasmi

Razvedka va global ishlar markazi direktori Joshua Xuminski Jo Bayden boshchiligidagi yangi Amerika ma`muriyatiga Rossiya bilan munosabatlarni qayta ko`rib chiqishni maslahat berdi

"Bugun Rossiya bilan munosabatlarni tubdan qayta ko`rib chiqish va Moskvaning global kuchi va ta`siriga halol ko`z bilan qarashimiz kerak ", – deydi tahlilchi. 

"Donald Trampning Moskva va Vladimir Putinga bo`lgan g`alati munosabati Barak Obama va Jorj Bush boshchiligidagi o`ta g`oyaviy hukumatning muvaffaqiyasiz qarorlaridan kelib chiqadi", – deydi Huminskiy. 

Mutaxassisning ta`kidlashicha, mamlakatlar o`rtasidagi raqobat qarama-qarshilikni anglatmaydi. Uning fikriga ko`ra, ikkala tomon ham terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishdan, shuningdek, strategik va yadro qurollari ustidan nazoratni muhokama qilishdan manfaatdor. 

"Gap shundaki, iloji boricha o`zaro aloqada bo`lishimiz va mamlakatlar o`rtasidagi ziddiyatni kamaytirishimiz kerak", deb ta`kidladi u. Shu bilan birga, Xuminskiy Vashington "diplomatik majburlash vositalarini kengaytirishi" kerakligini ham aytib o`tgan. 

Ma`lumot o`rnida 2020 yilning 3 noyabrda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident respublikachi Donalt Tramp ustidan g`alaba qozongan edi.

Boshqa yangiliklar