AsosiyDunyo

Angliya yangi shtamga qarshi kurash maqsadida "qulflanadi" — Buyuk Britaniya bosh vaziri

'Angliya yangi shtamga qarshi kurash maqsadida "qulflanadi" — Buyuk Britaniya bosh vaziri'ning rasmi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson dushanba kuni butun Angliya bo`ylab o`zini izolyasiya qilish rejimini joriy etish to`g`risida qaror qabul qilganini e`lon qildi. Bu haqda Britaniya rasmiylariga tayanib, Interfaks xabar bermoqda.

Bosh vazirning ta`kidlashicha, bunday chora-tadbirlar tobora tez tarqalayotgan COVID-19 virusining "inglizcha" shtammiga qarshi kurashda yordam beradi.

Biz COVID-19 tufayli Angliyada aholining o`zini o`zi izolyasiyalashning eng qat`iy ya`ni uchinchi rejimini joriy etamiz. Bu rejim 2021 yil 15 fevralgacha amal qilishi rejalashtirilgan.

Britaniya parlamenti chorshanba kuni hukumat tomonidan taklif qilingan choralarni ma`qullashi kutilmoqda. Shu bilan birga, Britaniya hukumati aholini dushanba kuni kechqurun - parlamentdan "yashil chiroq" kutmasdan cheklovlarga rioya qilishga chaqirmoqda.

Bosh vazirning qaroriga binoan hayot uchun zarur bo`lmagan tovarlarni sotadigan barcha do`konlar yopiladi. Restoranlar esa faqat etkazib berish yoki xaridor tomonidan olib ketish usulida ishlaydi. Maktablar va universitetlar masofadan foliyat yuritadi.

Faqatgina zaruriy hollarda fuqarolar ish joyiga, shuningdek, oziq-ovqat do`konlari va dorixonalarga borishiga ruxsat beriladi.

Dushanba kuni Buyuk Britaniyada qariyb 59 ming kishiga koronavirus tashxisi qo`yilgan va 407 bemor infeksiya ta`siridan vafot etgan edi.

    Boshqa yangiliklar