AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni 31 martdan barcha davlatlar uchun "ochiladi"

'Saudiya Arabistoni 31 martdan barcha davlatlar uchun "ochiladi"'ning rasmi

Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sabab o`rnatilgan barcha cheklovlar 31 martdan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda mamlakatning rasmiy Axborot agentligi xabar bermoqda. Qirollik Ichki ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, barcha quruqlik va dengiz portlari qayta ochiladi.

Chegaralarning ochilishi rasmiylar tomonidan virusning yanada tarqalishining oldini olish uchun belgilangan cheklovlar va profilaktika choralariga muvofiq amalga oshiriladi, deya qo`shimcha qildi axborot agentligi. 

Saudiya Arabistonida COVID-19 virusini yuqtirish holatlari kunlik ko`rsatkichi 98 tagacha kamaygan. Qolaversa, virusga qarshi emlash kompaniyasi ham boshlab yuborilgan. 

Sog`liqni saqlash vazirligi vakilining so`zlariga ko`ra, 7 yanvar holatiga ko`ra 137 862 kishi Pfizer / BioNTech antivirusi bilan emlangan.

Boshqa yangiliklar