Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha vatinchalik tartib tasdiqlandi. Bu tartib “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarorida keltirilgan.
Yangi tartibga ko`ra, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin qizlar;
- boquvchisini yo`qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo`lgan xotin-qizlar;
- uy-joyini ta`mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo`lgan xotin-qizlar;
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o`zining yoki birgalikda yashovchi oila a`zolarining nomida turar joyi mavjud bo`lmagan xotin-qizlar;
- qaramog`ida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi bo`lgan bolalari mavjud yolg`iz ayollar;
- tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o`zi va birgalikda yashovchi oila a`zolari og`ir ijtimoiy vaziyatda bo`lgan, surunkali yoki og`ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, etarli damromad manbaiga ega bo`lmaganlar);
- huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar;
- psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
Endilikda “Ayollar daftari” quyidagi tartibda yuritiladi:
- Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari har yarim yil birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurib o`rganiladi.
- Xotin-qizlarning muammolari anketa-so`rovnoma orqali aniqlanib, aniqlangan muammolar 3 kundan oshmagan muddatda xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi.
- Shunga ko`ra, 1 kun muddatda individual anketalar ko`rib chiqiladi.






