AsosiyJamiyat

2020 yil O`zbekiston turizm sohasidan qancha pul ishlab oldi?

'2020 yil O`zbekiston turizm sohasidan qancha pul ishlab oldi?'ning rasmi

2020 yilda O`zbekistonga 1 mln 504 ming nafar turist kelgan. Ularga 261 mln dollarlik xizmat ko`rsatilgan. Bu haqda AOKAdagi brifingda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov ma`lum qildi.

“Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar ko`rgan sohalardan biri bo`ldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSh dollari miqdorida turizm xizmatini ko`rsatdik. 2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo`nalish bo`yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirmoqchimiz, ziyorat turizmiga ko`proq e`tibor qaratmoqchimiz”, deydi u.

Abduhakimovga ko`ra, 2021 yilda O`zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini ta`minlash bo`yicha reja qilingan. Buning evaziga turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar