AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yilda qancha ayol o`z joniga qasd qilgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda 2020 yilda qancha ayol o`z joniga qasd qilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Milliy matbuot markazida kecha, 8 yanvar kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig`ining o`rinbosari Diloromxon Qo`zieva mamlakatda 2020 yilda qancha ayol o`z joniga qasd qilganini ma`lum qildi.

Diloromxon Qo`zievaning ta`kidlashicha, har kuni nechta ayol o`z joniga qasd qilgani haqidagi ma`lumotlar tahlil qilib boriladi. Sabablari o`rganiladi,

Asosan bunday noxush holatlarga ko`p hollarda ayollarning turmush o`rtog`i yoki qaynonasi bilan kelishmayotgani sabab bo`layapgani aniqlandi.

«Bir misol, yaqinda o`z joniga qasd qilgan ayolning oilaviy sharoitini o`rganganimizda ovsinlari tomonidan xo`rlab kelingani aniqlandi», - dedi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining mas`ul xodimi.

Ma`lum qilishicha, 2020 yilda 900 nafardan ortiq ayol o`z joniga qasd qilgan. Ayollarning o`z joniga qasd qilish holatlari kamaygan. 7 yanvar kuni 4 nafar erkak va bir nafar ayol o`z joniga qasd qilgan. Shuningdek, ta`kilanishicha o`tgan yil davomida ajralish yoqasiga kelib qolgan 19 337 ta oila yarashtirilgan, 16 818 ta oilaning nikohi qonuniylashtirilgan, oilaviy ajralishlar soni 3 230 taga kamayishiga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar