“Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi, unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi. Ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish to`g`risidagi ma`lumotnomani talab qilish bekor qilinadi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov ma`lum qildi:
“2021 yilda elektron davlat xizmatlarini kengaytirish masalasiga e`tibor qaratiladi. Jumladan, yagona portalda qo`shimcha 60 turdagi elektron xizmat joriy qilinishi vazifasi belgilangan. Masalan, joriy yildan ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomasini talab qilish to`liq bekor qilinadi. Mahalliy boshqaruv organlari, hokimliklar faoliyatini takomillatirishga alohida e`tibor qaratiladi. “Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi. Unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi”, deydi Umarov.
Unga ko`ra, Nukus, Urganch, Namangan va Termiz shaharlarida IT-park filiallari ochiladi. Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida “Yoshlar texnoparklari» ochiladi. Toshkent viloyatida bu yil sentyabr oyida TATU filiali ochiladi.






