AsosiyJamiyat

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi belgilandi

'Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.

Nizomga muvofiq, soliq organlari quyidagi soliq tekshiruvlarini o`tkazadi:

● kameral soliq tekshiruvi;

● sayyor soliq tekshiruvi;

● soliq auditi.

Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o`tkaziladi:

* soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi bo`lganida;

* taqdim qilingan soliq hisobotida tafovut yoki xatolar aniqlanganida.

Mazkur tekshiruv soliq organi rahbarining buyrug`i asosida, 60 kundan oshmagan muddatda o`tkaziladi.

Kameral soliq tekshiruvi natijasi bo`yicha 2 kunda soliq to`lovchiga talabnoma yuboriladi. Soliq to`lovchi 10 kunda kamchiliklarni bartaraf qilib tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq organiga berishi kerak.

Sayyor soliq tekshiruvi 10 kundan ko`p bo`lmagan muddatda o`tkaziladi.

OAVda soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklarga oid ma`lumotlar e`lon qilinsa, sayyor soliq tekshiruvi uchun asos bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, sayyor soliq tekshiruvini o`tkazishning yana 5 ta asosi mavjud.

Sayyor soliq tekshiruvida hujjatlar va buyumlarni tungi vaqtlarda (23.00 dan 06.00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida) olib qo`yishga yo`l qo`yilmaydi.

Soliq auditi quyidagi soliq to`lovchilarda o`tkaziladi:

- soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo`lgan;

- kameral soliq tekshiruvi natijasi bo`yicha soliq to`lovchi aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmasa;

- ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslarda;

- soliq to`lovchilarning jinoiy ishlar bo`yicha moliya-xo`jalik faoliyati taftish qilinish doirasida;

- faoliyatini to`xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

    Boshqa yangiliklar