Qobul Dusov O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga a`zo bo`ldi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.
"O`zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi elektorati bo`lgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi koriga yarash, ularni ham ma`nan, ham moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida shu partiya safida bo`lishni niyat qildim...
Qolaversa ushbu partiya a`zolarining aksariyat qismi xalq ta`limi, maktabgacha ta`lim va sog`liqni saqlash tizimi vakillari ekani ham meni quvontirdi.
Bugungi kunda men davom ettirayotgan ta`limning keyingi bosqichidagi mavzuim ham aynan shu xaqda .( Ya`ni ilmiy ishim mavzusi)
O`zXDP rahbariyatining samimiy tilaklari uchun tashakkurlarimni izhor etaman!
Yurtimiz, millatimiz kelajagi va ravnaqi yo`lida bor imkoniyatimni ishga solishga so`z beraman! Men O`zbekiston XDP a`zosi bo`ldim", - deb yozib qoldirgan Dusov.
Eslatib o`tamiz, 2019 yilning oktyabr oyida "Milliy tiklanish" partiyasi deputati bo`lgan Qobul Dusovning deputatlik vakolati muddatidan avval to`xtatilgan edi.
Mavzuga doir:
Qobul Dusovning “Adolat”ga qabul qilingani rad etildi
Xalq ta`limi vazirligi sobiq deputat Qobul Dusovni sudga berdi