AsosiyJamiyat

Byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

'Byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalari kiritish to`g`risida”gi Qonun imzolandi.

Qolaversa, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun ham javobgarlik belgilandi.

Mazkur tartib 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Bundan tashqari, Byudjet kodeksi Soliq kodeksi hamda amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Shu jumladan, Byudjet kodeksiga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarga oid norma kiritildi. Unga ko`ra, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarmaslik sharti bilan hududiy byudjetlar, davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozidan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.

Boshqa yangiliklar