AsosiyDunyo

Ilk marotaba britaniyalik ayolni DAISh bilan hamkorlikda ayblashyapti

Buyuk Britaniya fuqarosi bo`lgan 26 yoshli Tariina Shakil ism ayol DAISh bilan hamkorlik qilib, terrorizmni tashviq qilishda ayblanib, sud tomonidan olti yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda "Evronews" xabar bermoqda.

Shakil 2014 yil oktyabr oyida qizi bilan Suriyaga qilgan safaridan so`ng Britaniya hukumati nazariga tushdi. U Suriyadaligida ijtimoiiy tarmoq orqali terrorizmni tashviq qiluvchi suratlar va videoroliklar, o`g`liga ham DAISh timsoli tushirilgan kiyim kiygizib, qo`liga Kalashnikov avtomati tutqazgangan holdagi suratini omma e`tiboriga havola qilgan.

Sudda ayol adashib, bu yo`lga kirib qolganini, adashganini anglagach, Buyuk Britaniyaga qaytganligini ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar