31 yanvar kuni Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazida “Baron” badiiy filmining ijodkorlari bilan uchrashuv hamda film taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda film rejissyori Rustam Sa`diev, filmda ichki ishlar xodimi obrazini yaratgan taniqli aktyor Javohir Zokirov, boks bo`yicha chempion Botir ismli yigitning rolini ijro etgan aktyor Ulug`bek Qodirov kabi kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
Qayd etilishicha, filmdan so`ng so`zga chiqqan harbiylar hozirgi kunda butun dunyoga xavf solib turgan narkobiznes va unga qarshi kurashning hayotiy misollar bilan ochib berilganini hamda dolzarb masalaning xavf-xatari kino san`ati orqali keng yoritilib berilganligini ta`kidlab o`tishgan. Film ijodkorlari bilan uchrashuvlar davom etadi.