AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi farzandini III-chorakda ham maktabga yubormaydigan ota-onalardan uyida zarur shart-sharoit yaratib berishlarini so`ramoqda

'Xalq ta`limi vazirligi farzandini III-chorakda ham maktabga yubormaydigan ota-onalardan uyida zarur shart-sharoit yaratib berishlarini so`ramoqda'ning rasmi

Kuni kecha III chorakdan barcha maktablarda o`quv jarayonlari to`liq an`anaviy shaklga o`tkazilishi to`g`risidagi xabar berilgan edi. Xalq ta`limi vazirligining ushbu qarori ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab tushunmovchilik va e`tirozlarga sabab bo`ldi.

XTV havotirga o`rin yo`q ekanligini, uyida kasallik tarqalishiga havotir katta bo`lgan, keksa odamlari bor hamda salomatligida surunkali xastaligi bo`lgan o`quvchilarning ta`lim olishi uchun parallel ravishda “Onlayn-maktab” loyihasi ham davom ettirilishini ma`lum qildi.  

Bunday oilalar avvalgi chorakdagidek o`qishlarini uyidan davom ettirishlariga imkoniyat yaratiladi. 

Vazirlikga ko`ra, o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomalarda karantin davrida o`qituvchilari va tengdoshlari bilan o`zaro bevosita muloqot etishmagani aniqlangan.  

" -- Maktabga bormayotgan o`quvchilar esa afsuski, ana shunday imkoniyatdan mahrum bo`lib qolmoqda, bola uchun do`stlari bilan doimiy muloqotda bo`lish va ular bilan bir jamoa bo`lib ta`lim olish juda muhim, hech qanday eng zamonaviy texnologiya aynan shu muhitni bola uchun ta`minlab bera olmaydi.  

Shu o`rinda farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan, ularning vaqtini besamar o`tkazmasliklari hamda uyda ta`lim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib, ularni to`liq nazoratga olishlarini so`rab qolamiz", deyiladi vazirlik munosabatida.

 

    Boshqa yangiliklar