AsosiyJamiyat

Mahalla xodimlariga OTMlarda o`qish uchun berilayotgan imtiyoz yuzasidan bo`layotgan muhokamalarga munosabat bildirildi

'Mahalla xodimlariga OTMlarda o`qish uchun berilayotgan imtiyoz yuzasidan bo`layotgan muhokamalarga munosabat bildirildi'ning rasmi

2021/2022 o`quv yilidan boshlab mahalla xodimlari uchun sirtqi ta`lim bo`yicha kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilishi yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarori  bo`yicha turli fikr-munozaralar bildirilmoqda.

Adliya vazirligi axborot xizmati qarorda mohiyatan nima nazarda tutilgani bo`yicha munosabat bildirdi.

" -- Birinchidan, berilayotgan mazkur imtiyoz barcha OTMlarga o`tmaydi, qolaversa barcha yo`nalishlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.  

Ya`ni, mahalla xodimlari uchun pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMlarda faqat (e`tibor bering!) “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo`yicha)” bakalavriat ta`lim yo`nalishida sirtqi o`qish imkoniyati berilmoqda.  

Ikkinchidan, ushbu yo`nalishga imtiyozli ravishda qabul qilingan mahalla xodimlarining o`qishini boshqa yo`nalishga ko`chirishiga ruxsat berilmaydi.  

Uchinchidan, bu – mahalla xodimlari (hatto tavsiyanoma olganlari ham) o`qishga to`g`ridan-to`g`ri qabul qilinadi degani emas. Boshqacha aytganda,  

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo`lib turib ham, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tilmasa, mahalla organlari xodimlari talabalikka tavsiya etilmaydi.  

To`rtinchidan, bu bo`yicha murojaat qilgan har bir mahalla xodimi tavsiyanomali bo`lib qolmaydi. Ya`ni, tavsiyanoma olishning belgilangan mezonlari bor. Buning uchun mahalla xodimi:

● egallab turgan lavozimida so`nggi 1 yil davomida faoliyat yuritayotgan bo`lishi;

● mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo`lishi;

● faoliyat yuritayotgan mahalla organi reyting ko`rsatkichi bo`yicha “namunali” deb topilgan bo`lishi kerak.

Qolaversa, mahalla xodimi ijobiy tavsiflanganmi, ish faoliyati ijobiy baholanganmi, unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilmaganmi – shular ham taviyanoma berishda inobatga olinadi", deyladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar