Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi yangi qurilayotgan ko`p qavatli binolardan biri qulab tushgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea tafsilotlari bo`yicha dastlabki ma`lumotni berdi.
Bugun Jizzaxdagi ko`p qavatli uyning bir qismi kulab tushdi viloyat favuqlotda vaziyatlar boshqarmasi birlamchi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, bgun 10 yanvar kuni saot 17:15 lar atrofida Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik ko`chasida yangidan qurilayotgan ko`pqavatli uylardan biri qulab tushgan.
Hozirda voqea joyga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari etib borishib, holatni o`rganishmoqda.
Jizzax viloyat favuqlotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma`lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo`lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastgi 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan bo`lgan.
Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q. Shunday bo`lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.