«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 2021 yil 11 yanvardan boshlab, 8-sonli avtobus yo`nalishining harakati to`htatilishi to`g`risida ma`lumot berilgan edi.
Bugun ko`p sonli yo`lovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni inobatga olgan holda hamda ushbu yo`nalishning faoliyatini yanada chuqur o`rganib chiqish munosabati bilan, shuningdek, yo`lovchilar tashishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, 8-sonli yo`nalish harakati vaqtinchalik o`zgartirishsiz qoldirilgani ma`lum qilindi.






