AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi qulagan bino sabablarini o`rganish uchun Hukumat komissiyasi tuzildi

'Jizzaxdagi qulagan bino sabablarini o`rganish uchun Hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik ko`chasida “Chorvador-Qorako`l-Baraka” MChJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli  qurilishi tugallanmagan ko`p qavatli uyning bir qismi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.

Shu boisdan, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.

Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6-qavatli  uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo`lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo`yicha amaldagi normativ-me`yoriy huquqiy hujjatlarni o`rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi bugundan o`z ishini boshlagan.

Boshqa yangiliklar