AsosiyDunyo

Qirg`izistondagi boshqaruv shaklini tanlash bo`yicha referendum haqiqiy deb topildi

'Qirg`izistondagi boshqaruv shaklini tanlash bo`yicha referendum haqiqiy deb topildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, kecha, 10 yanvar kuni Qirg`izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi. 

Shuningdek, Qirg`izistondagi boshqaruv shaklini tanlash bo`yicha referendumda qatnashganlar ovoz berish haqiqiy deb topilgan chegaradan oshib ketdi, deya xabar berdi respublika MSK. Bu haqda ria.ru yozmoqda. 

Kecha, soat 18:00 holatiga ko`ra, referendumda 1 178 656 kishi yoki saylovchilarning 33,08% qatnashdi, talab qilinadigan minimal esa 30%. Taxminan  33,13% - prezidentlik saylovlarida ovoz bergan.

Mamlakat bo`ylab saylov uchastkalari soat 20: 00da yopildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovda qatnashganlarning so`nggi ko`rsatkichlarini hali e`lon qilmadi.

Avvalgi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan ommaviy noroziliklar fonida iste`foga chiqqandi.

Ushbu lavozimga 17 kishi murojaat qilmoqda. Prezident saylovlarida respublika va chet ellarda 3,5 milliondan ortiq Qirg`iziston fuqarolari ovoz berishlari mumkin. Saylovlarda qatnashish chegarasi yo`q - ular har qanday miqdordagi saylovchilar bilan haqiqiy deb tan olinadi.

Davlat rahbari saylanishi bilan bir kunning o`zida mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlash bo`yicha referendum o`tkazildi. Fuqarolar taklif qilingan uchta variantni tanlashlari kerak edi: "prezidentlik boshqaruv shakli", "parlament boshqaruv shakli" va "hammaga qarshi".

Prezidentlik saylovlarida ham, referendumda ham avtomatik qutilar ishlatiladi, ovoz berishning dastlabki natijalari saylov uchastkalari yopilgandan ko`p o`tmay e`lon qilinadi.

Mavzuga doir:

Qirg`izistonning barcha prezidentlari bir xil yoshda iste`foga chiqishgan

    Boshqa yangiliklar