AsosiyJamiyat

Nurafshon shahrida IIO xodimlari uchun qurilgan ipoteka uylari shu vaqtdan talabga javob bermaydimi? Mas`ullar javob berdi

'Nurafshon shahrida IIO xodimlari uchun qurilgan ipoteka uylari shu vaqtdan talabga javob bermaydimi? Mas`ullar javob berdi'ning rasmi

10 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida IIO xodimlari uchun qurilgan ipoteka uylari shu vaqtdan talabga javob bermaydi, qator kamchiliklari bor” izohi bilan xabar tarqatildi.

Xabarda keltirib o`tilgan holatlar bugunning o`zida Toshkent viloyati IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi va ijobiy hal qilish choralari ko`rildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qaror va farmonlari hamda IIVning tegishli buyrug`i bilan, respublika, shu bilan birga, Toshkent viloyatida ham IIO xodimlarini uy-joy bilan ta`minlash maqsadida ipoteka krediti asosida arzonlashtirilgan uylar qurib berilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahrida qurilayotgan 6 ta ko`p qavatli uyning 3 tasida qurilish yakunlangan va yana 3 tasida tugatilish arafasida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan holat yuzasidan voqea joyi (Nurafshon shahri Qumariq MFYda IIO xodimlari uchun qurilayotgan ko`p qavatli uy)ga viloyat IIBB boshlig`ining o`rinbosari va ushbu uy-joy qurilishi uchun mas`ul bo`lgan rahbarlar chiqishdi.

Holat rahbariyat tomonidan o`rganilib, nazoratga olindi. Xato kamchiliklar muhokama qilinib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko`rildi.

Kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, yashash uchun topshirilayotgan har bir xonadonni, yana bir belgilangan tartib bo`yicha ko`zdan kechirish va kamchiliklarini bartaraf etish bo`yicha choralar belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar