AsosiyJamiyat

Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 90 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda

'Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 90 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra xabar bermoqda.  

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 88 million 383 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 919 mingdan ziyod kishi vafot etgan (10.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:42 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 790 456 yangi holati aniqlandi, 12 454 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 90 million 279 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 934 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 21,761 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,450 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,013 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,401 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,017 milliondan ortiq).

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 313 516, Hindistonda 36 867, Braziliyada 52 035, Rossiyada 22 851, Buyuk Britaniyada esa 59 937 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar