7 yanvar kuni soat 01:30 larda Uychi tumani, Uchqo`rg`on-Uychi-Namangan yo`lining 30 kmda Uychi tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan fuqaro Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






