AsosiyJamiyat

O`zbekistonda iliq ob-havo qachongacha davom etishi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda iliq ob-havo qachongacha davom etishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ertaga respublika hududlarining ko`p qismida quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, shuningdek ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ba`zi joylarida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Bu haqda «O`zgidromet»ning xabar berdi.

13 yanvarda havo massalarining kirib kelish fronti sharqqa qarab siljiydi, kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarining ba`zi joylarida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me`yorlardan deyarli kam bo`ladi. 14 yanvarda O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko`tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi.

15 yanvarda respublika bo`yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O`zbekistonda quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliqqacha, ba`zi joylarda ayniqsa sovuq kuchli bo`ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja issiqqacha ko`tariladi, bu me`yordan 5-7 darajaga yuqoridir.

    Boshqa yangiliklar