AsosiyJamiyat

Yangi koronavirus infeksiyasi avj olgan davlatlardan O`zbekistonga kirishga qo`yilgan taqiqlar uzaytirildi

'Yangi koronavirus infeksiyasi avj olgan davlatlardan O`zbekistonga kirishga qo`yilgan taqiqlar uzaytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to`xtatilish muddati  joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi.

Oxirgi oylarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketganligi munosabati bilan, ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Evropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviatashuvlarni cheklash bo`yicha qarorlar qabul qilingan edi.

Shu jumladan, mamlakatimizdagi epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o`choqlari paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan  

2020 yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to`xtatilgan edi.

️Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib kolganligi sabali 2021 yil 10 yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi.

Eslatib o`tamiz, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so`nggi 14 kun davomida bo`lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O`zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilangan.

Shuningdek, so`nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo`lgan holda uchinchi davlatlar orqali O`zbekistonga kirib kelayotgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

 

    Boshqa yangiliklar