AsosiyJamiyat

Joylarda byudjet mablag`lari to`g`ri ishlatilishini ta`minlash maqsadida hisobchilar onlayn o`qitiladi

'Joylarda byudjet mablag`lari to`g`ri ishlatilishini ta`minlash maqsadida hisobchilar onlayn o`qitiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAdagi brifingda Moliya vaziri o`rinbosari Ahadbek Haydarov ma`lum qildi:

«2020 yil sentyabr oyida davlat byudjeti va davlat maqsadli xarajatlari defisiti 3,5%ga prognoz qilingan edi. Daromadlar bu prognozga nisbatan yuqori ko`rsatkichda qayd etildi.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalarining taqchilligi sentyabr oyidagi prognozga qaraganda kam bo`lib, YaIMga nisbatan dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 2,2 foizni tashkil qildi.

Joriy yilda Moliya vazirligi ishlarni har bir tuman, shahar va mahalla kesimida tashkillashtirish, fuqarolarning muammolari, takliflari bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muloqot, tahlil va echimni yo`lga qo`yishga doir vazifalar belgilandi.

Joylarda byudjet mablag`lari to`g`ri ishlatilishini ta`minlash hamda kadrlarning bilim malakalarini oshirish maqsadida joriy yilda byudjet tashkilotlari hisobchilarini o`qitish bo`yicha onlayn kurslar tashkil etish vazifasi belgilandi», dedi Ahadbek Haydarov.

    Boshqa yangiliklar