Ma`lumki, umumta`lim maktablarining isitish tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi, ulardagi muhandislik kommunikasiyalarning ishchi holatda saqlanishi, shu yo`nalishda olib boriladigan qurilish-ta`mirlash ishlariga mahalliy davlat hokimiyat organlari mas`ul etib belgilangan.
Kecha, 11 yanvar kuni barcha maktablarda yangi III chorak boshlandi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimini barqaror ishlashi bo`yicha tegishli topshiriqlar berilgan, shuning uchun agarda joylarda muammolar bo`lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko`rib borilmoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur masalada Xalq ta`limi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan bo`lib, ularga mazkur havoladagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
"Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan bo`lsangiz, ammo hali xam maktabingizda issiqlik tizimining ishlashi bilan bog`liq muammolar mavjud bo`lsa, Xalq ta`limi vazirligining (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga murojaat qilishingiz ham mumkinligini ma`lum qilamiz.
Ushbu murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko`riladi", - deyilgan Vazirlik murojaatida.






