AsosiyJamiyat

Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga har oylik kompensasiya to`lanadi — Prezident qarori

'Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga har oylik kompensasiya to`lanadi — Prezident qarori'ning rasmi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar qilindi.  

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan olis va chekka hududlarda quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖ byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy ma`lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so`m) miqdorida bir martalik boshlang`ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so`m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to`lanadi;

➖ oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilingan shifokorlarga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so`m miqdorida bir martalik boshlang`ich yordam puli, uy-joyi bo`lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (446 ming so`m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to`lanadi.

Boshlang`ich yordam puli va har oylik pul kompensasiyasi soliq to`lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining soliq solish ob`ekti hisoblanmaydi.

Mazkur imtiyozlardan OTMning bakalavriati yoki magistraturasini (ta`lim shaklidan qat`i nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.  

Bunda uy-joy uchun har oylik pul kompensasiyasi mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oygacha to`lanadi.

Oliy ma`lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi bo`yicha olis va chekka hududda joylashgan bir byudjet tashkilotidan va (yoki) tibbiyot muassasasidan boshqasiga o`tkazilganida, har oylik pul kompensasiyasini to`lash belgilangan muddat tugagunga qadar davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar