AsosiyShou-biznes

Rossiyalik xonanda Timati Instagram foydalanuvchisiga 50 ming dollar berishga va`da berdi

Instagram ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Ilya Savelev o`z sahifasida rossiyalik reper Timati bilan yozishmalarini suratga tushirib, e`lon qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

O`zaro yozishmada Timati agar Instagram foydalanuvchisi mazkur yozishmani suratga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylasa va 100000 “Layk” yig`a olsa 50 ming AQSh dollari berishga va`da bergan.

Hozircha mazkur yozishma surati 1000 taga yaqin “Layk” yiqqan.

Savelevning aytishicha, u Isroilda yashaydi va pul unga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun kerak.

“Senda axir, yahudiylar qoni oqmoqda, xuddi akalardek menga yordam ber!”, — dedi u xonandaga qarata.

Timatining ta`kidlashicha, u bunday turdagi xabarlarga ko`pam ahamiyat bermaydi. “Bugun kayfiyatim yaxshi. Bilasanmi, men senga so`z beraman,agar mana shu suhbatni suratga olib, 100000 ta ‘Layk’ yig`sang, senga yordam beraman”, — dedi Timati.    

Xonanda Instagram`dagi shaxsiy sahifasida hozircha mazkur postga hech qanday izoh qoldirmagan. 

    Boshqa yangiliklar