AsosiyJamiyat

Adashgan Yulduz Usmonova Suriyadan Sirdaryoga qaytarildi

'Adashgan Yulduz Usmonova Suriyadan Sirdaryoga qaytarildi'ning rasmi

Turli yot g`oyalarga uchib, hayotning notekis yo`llarida adashib, o`zga yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolgan 98 nafar o`zbekistonlik qatorida Yulduz Usmonova ham voyaga etmagan 5 nafar farzandi bilan Suriya davlatidan olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligining Axborot xizmati ma`lum qildi. 

“Mehr-3” dasturi doirasida O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan insonparvarlik operasiyasi amalga oshirilib, diniy ekstremistik g`oyalarga ishonib to`g`ri yo`ldan adashgan fuqarolar orasida Suriya davlatidan O`zbekistonga qaytarilgan sirdaryolik Yulduz Usmonova ota-onasi bag`riga qaytarildi.

1990 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan Yulduz Asqarovna Usmonova 2011 yil tumush o`rtog`i ortidan Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun jo`nab ketadi. U erda xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g`oyalari ta`siriga tushib qolib, 2012 yilning sentyabr oyida 3 nafar farzandi bilan avval Eron Islom Respublikasiga, keyin Pokistonga va shundan so`ng Suriya davlatiga jo`natiladi. 

Suriyaning Shadodiy aholi punktida yashab yurgan paytida unga turmush o`rtog`i qurolli to`qnashuvda o`lganini aytishadi. 

“Islom davlati” xalqaro terroristik tashkiloti jangarisi, asli O`zbekistonlik boshqa bir davlat xoini bo`lgan shaxsga turmushga chiqadi. 2015 va 2016 yillarda yana 2 nafar farzandi dunyoga keladi. 2020 yilning mart oyida u shar`iy nikohida bo`lgan turmush o`rtog`i ham harbiy to`qnashuvlar chog`ida halok bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar