AsosiyJamiyat

Samarqanddagi gemodializga muhtoj bolalarga endi viloyatning o`zida tibbiy yordam ko`rsatiladi

'Samarqanddagi gemodializga muhtoj bolalarga endi viloyatning o`zida tibbiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

 Samarqand viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida bolalarga sun`iy buyrak (gemodializ) bo`limi tashkil etildi.  Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda viloyatda surunkali buyrak etishmovchiligi kasalligi bilan 41 nafar bola nazoratda turadi. Ular doimiy ravishda dializ muolajalariga muhtoj. Shu vaqtgacha bemor bolalar Toshkent shahridagi ilmiy markazga yuborilgan bo`lsa, mazkur bo`limning ochilishi ularga qulaylik yaratdi.  Markaz qoshidagi gemodializ bo`limi joriy ta`mirlanib, bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatishga moslashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar