Amaldagi qonunchilikka ko`ra, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga etmaganni farzandlikka olishlariga yo`l qo`yilmaydi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko`ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko`zda tutilmoqda.
Tahlillarga ko`ra, mamlakatda farzandlikka olish istagini bildirgan shaxslar 4 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Bugungi kunda farzandlikka olish istagida navbatda turganlarning soni farzandlikka berilayotganlarga (har yili o`rtacha 200 nafar bola) nisbatan ancha yuqori ekanligi ta`kidlangan.






