AsosiyJamiyat

Samarqandda bir oilaning yoppasiga zaharlanishi tufayli voyaga etmagan uch farzand nobud bo`ldi

'Samarqandda bir oilaning yoppasiga zaharlanishi tufayli voyaga etmagan uch farzand nobud bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani, «Go`zal» MFY, Qozoqovul qishlog`ida bir oilaning besh nafar a`zosi kelib chiqishi noma`lum bo`lgan zaharlanish oqibatida jabrlangan, oilaning uch farzandi vafot etgan. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga tayanib,  "Kun.uz" yozdi.

Ma`lum qilinishicha, noma`lum etiologiyali zaharlanish bilan zararlangan oilaning voyaga etmagan uch nafar a`zosi — ikki nafar qiz, bir nafar o`g`il bola voqea sodir bo`lgan paytda vafot etgan. Oila boshliqlarining ahvoli esa og`ir.

Vafot etgan farzandlar S.P. (o`g`il bola, 8 yosh), M.P. (qiz bola, 4 yosh), Sh.P. (qiz bola, 2 yoshga to`lmagan). Og`ir ahvolda qolayotgan oila boshlig`i D.J. 34 yoshda, oila bekasi S.J. 28 yoshda. 

Qayd etilishicha, hozirda tegishli organlar tomonidan holat bo`yicha surishtiruv olib borilmoqda. Barcha tafsilotlar ochiqlangach, qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.

    Boshqa yangiliklar