"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent - Seul (Incheon aeroporti) yo`nalishi bo`yicha Koreyaga kirish uchun amaldagi ruxsatnomaga ega bo`lgan chet el fuqarolarini, shu jumladan O`zbekiston fuqarolarini tashish imkoniyati mavjud bo`lgan navbatdagi qatnovlar sanasi tasdiqlandi.
Qatnovar 2021-yil 28-yanvar va 2021-yil 02-fevral kunlari amalga oshiriladi - shu kunlarda Toshkent-Seul yo`nalishi bo`yicha amaldagi viza bilan xorijiy fuqarolarni tashish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1 - Amaldagi kirish vizasining mavjudligi (2020-yil 05.04.gacha berilgan C turdagi vizalar bundan mustasno);
2 - Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalarning biri tomonidan uchish sanasidan 72 soatdan oshmagan vaqt davomida berilgan PZR usuli bilan olingan COVID-19 uchun salbiy test natijasining mavjudligi.
Ma`lumotnoma Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak!
3 – Koreya tomonidan cheklovlar sababli o`rindiqlar soni cheklangan. Bizning qatnovlarimizga ruxsat etilgan maksimal yo`lovchilar soni - 165 yo`lovchi.
Shuningdek, ko`rsatilgan sanalarda Toshkentdan Incheon aeroporti orqali uchib ketadigan tranzit yo`lovchilarni tutash vaqti 24 soatdan kam bo`lgan, Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test ma`lumotnomasi bo`lishi sharti bilan uchinchi mamlakatlarga tashish imkoniyati mavjud.
Songgi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik tranzit yo`lovchilar zimmasiga to`liq yuklatiladi.
Boshqa kunlari rejalashtirilgan qattnovlar uchun (2021-y 01.21., 2021-y 02.04., 2021-y 02.18.) avvalgi cheklovlar amal qiladi, ya`ni Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test ma`lumotnomasiga ega faqat Koreya fuqarolari va F-5, F-6 vizalari bo`lgan chet el fuqarolari qatnovlarga qo`yiladi.
Ushbu qatnovlarda tranzit yo`lovchilarining tashuvi amalga oshirilmaydi.
"Koreya Respublikasiga kelgandan so`ng, barcha yo`lovchilar PZR-test topshirishlari va yashash joylarida 14 kunlik o`zini o`zi izolyasiya qilishlari shart. O`zini izolyasiya qilish joyi bo`lmagan yo`lovchilar o`z hisoblaridan yashash davri uchun 2,100,000 KRW to`lab maxsus davlat karantin muassasalarida o`zini izolyasiya qilishlari shart" deyiladi xabarda.






