Sud qarorlarini qayta ko`rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.
Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, ma`muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ko`riladi.
Endilikda fuqarolar o`z hisobidan ma`muriy bayonnomaning ko`chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.
Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi qaror ustidan ma`muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Ma`muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko`rish bekor qilinib, apellyasiya instansiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassasiya tartibida o`zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo`lishi belgilandi.
Kassasiya instansiyasi sudi ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o`rinbosarlari kiritgan protestga ko`ra kassasiya tartibida takroran ko`radi.






