AsosiyJamiyat

Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi

'Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi'ning rasmi

“Sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. 

Qonun bilan Iqtisodiy prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, ishlarni nazorat tartibida ko`rish instansiyasi tugatildi.

 Investisiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilandi.  

Ishlar investisiyaviy nizo bo`yicha yirik investorning, raqobatga oid ish bo`yicha taraflarning xohishiga ko`ra Oliy sud tomonidan ko`riladi.

Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da`vo arizasi bilan qo`zg`atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

 Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati berish huquqi berildi.

 Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassasiya shikoyati bo`yicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.  

️ Nazorat instansiyasi bekor bo`lgan bo`lsada, kassasiya tartibida ko`rilgan ish takroran ko`rilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar