Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10 da Jizzax shahar, “Zilol” MFY, Mustaqillik ko`chasida “Chorvador-Qorako`l-Baraka” MChJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli qurilishi tugallanmagan ko`p qavatli uyning bir qismi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi tuzilib, Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan edi.
Ayni raytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Jizzaxda qulagan binoning yonidagisi ham omonat turgani ma`lum bo`ldi (video)






