AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlashni xohlovchi o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etildi

'Rossiyada ishlashni xohlovchi o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etildi'ning rasmi

2021 yilning 15-31 yanvar kunlari «PIK Industriya» va «Texstroy» qurilish korxonalari vakillari Rossiya Federasiyasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o`tkazishi rejalashtirilgan deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilda Rossiya Federasiyasining «PIK Industriya» AJ va «Texstroy» MChJ qurilish korxonalari vakillari mamlakatimizning Namangan va Samarqand viloyatlarida bo`lib, fuqarolar o`rtasida tanlov o`tkazilgan. Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan 432 nafar fuqarolar 28-30 dekabr kunlari mazkur davlatga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo`natilgan edi.

“Suhbatda, avvalo 2020 yil 10-27 noyabr kunlari dastlabki saralashdan o`tgan fuqarolarning ishtirok etishi so`raladi” – deyilgan agentlik axborotida. 

Quyida bo`sh ish o`rinlari va tanlov o`tkaziladigan hududlar ro`yxatini keltiramiz.

Bo`sh ish o`rinlari:

  • Montajchi (montajnik-santexnik);
  • Elektr payvandchi (elektrosvarshik);
  • Elektr montajchi (elektromontajnik);
  • G`isht terish (kamenshik); 
  • Armatura (armaturshik);
  • Qoliplash (formovshik);
  • Beton plitalarni joylash (stropalshik); 
  • Ichki pardozlash (otdelochnik).

 

Tanlov o`tkaziladigan hududlar:

15-19 yanvar kunlari - Farg`ona shahri, Sohibqiron Temur ko`chasi 245-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi (Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari aholisi uchun);

20-23 yanvar kunlari - Urganch shahri, Yoshlik ko`chasi 24-uy. Urganch xizmat ko`rsatish va servis texnikumi binosi (Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun);

25-31 yanvar kunlari - Samarqand shahri, Spitamen shoh ko`chasi 270-uy. Samarqand transport kolleji binosi (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri aholisi uchun);

Boshqa yangiliklar