AsosiyJamiyat

"Yillik 2 milliard 200 million kilovatt soatlik kelishuv bor". O`zbekistonning Afg`onistonga elektr energiyasini etkazib berilishi yuzasidan ma`lumot berildi

'"Yillik 2 milliard 200 million kilovatt soatlik kelishuv bor". O`zbekistonning Afg`onistonga elektr energiyasini etkazib berilishi yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Afg`onistonda tinch hayotni o`rnatish maqsadida O`zbekiston va Afg`on Islom Respublikasi o`rtasida elektr energiyasini etkazib berish yuzasidan hukumatlararo kelishuv imzolangan. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot kotibi ma`lum qildi.

Unga ko`ra tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan bo`lib, ushbu kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini etkazib berish ko`zda tutilgan.

Mazkur kelishuv doirasida etkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta`sir ko`rsatmasligini ta`minlash maqsadida, qo`shni davlatlar energotizimlaridan ham qo`shimcha import qilinib, Afg`onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Ta`kidlash joizki Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg`oniston energotizimi bilan faqatgina O`zbekiston orqali bog`langan, ya`ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O`zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda noto`g`ri raqamlar va faktlarga asoslangan bo`lib, xaqiqiy xolatni aks ettirmayapti.

    Boshqa yangiliklar