Ijtimoiy tarmoqlarda Amirsoyda elektr toki o`chib qolgani sabab gondol lifti to`xtagani to`g`risida ma`lumotlar tarqaldi.
Amirsoy dam olish maskanining Telegramdagi rasmiy sahifasida bu xabar yolg`on ekani xabar qilindi.
Ushbu ma`lumot yolg`on! Kanat to`xtamadi.
Nogironligi bo`lgan mehmonni yotqizish tufayli tezlik minimal darajaga tushirildi, chunki biz kurortimizga kelgan har bir mehmonga g`amxo`rlik qilishga harakat qilamiz.Faqat ishonchli manbalarga ishoning, deyiladi xabarda.