O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari O`ktam Rahimovich Salomov boshqa ishga o`tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi deya xabar bermokda OO`MTV Axborot xizmati.
Ma`lumotlarga ko`ra, sobiq vazir o`rinbosari Farg`ona politexnika institutiga rektor bo`lishi kutilmoqda. Shu vaqtgacha ushbu institutga Oybek Otaqulov rahbarlik qilib kelayotgandi.
O`ktam Salomov 2020 yilning 30 iyunida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorligidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlangan edi. U muqaddam Andijon mashinasozlik instituti rektori bo`lib ham ishlagan. Uning vazir o`rinbosari lavozimidagi faoliyati olti oyga ham cho`zilmadi.