AsosiyJamiyat

Namanganda MChJ ishchilari bo`lgan "Damas" YTHga uchradi. Haydovchi halok bo`lgan

'Namanganda MChJ ishchilari bo`lgan "Damas" YTHga uchradi. Haydovchi halok bo`lgan'ning rasmi

Joriy yilning 11 yanvar kuni soat 08:30 larda, Ishonch MFY Chortoq yo`li ko`chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro yo`l varaqasi orqali, MChJga tegishli bo`lgan Damas rusumli avtomashinani  boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetidagi beton stolbaga urilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB AXborot xizmati xabar berdi. 

Natijada, haydovchi voqea joyida vafot etgan va avtomashina salonida bo`lgan shu MChJda tikuvchi bo`lib ishlovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan va Chortoq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan ayollar bosh miya chayqalishi tashxisi bilan  shifoxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.  

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 yanvar kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar